Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi oʻzidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni oʻldirib qoʻydi

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi oʻzidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni oʻldirib qoʻydi. Bu haqda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Joriy yilning 20 mart…

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi oʻzidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni oʻldirib qoʻydi

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi oʻzidan ikki yosh katta bola bilan janjallashib, uni oʻldirib qoʻydi. Bu haqda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 20 mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2008 yilda tugʻilgan) M. D. 2006 yilda tugʻilgan O. A. bilan oʻzaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan.

O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sogʻligʻi yomonlashib vafot etgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid