Toshkentda 11-sinf oʻquvchisi maktab oshxonasida “dimavushka” tutatdi (video)
Toshkent shahar MMTB qayd etishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 10:15 larda Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumtaʼlim maktabining oshxonasida 11-sinf oʻquvchisi I.J. tanaffus vaqtida yonida boʻlgan “dimavushka”nomli qoʻlbola…
Toshkent shahar MMTB qayd etishicha, 2023 yil 14 dekabr kuni soat 10:15 larda Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumtaʼlim maktabining oshxonasida 11-sinf oʻquvchisi I.J. tanaffus vaqtida yonida boʻlgan “dimavushka”nomli qoʻlbola yasalgan kuchli tutun chiqaruvchi moddani tutatganli aniqlangan.
Bu hodisani shu maktabning 9-sinf oʻquvchisi A.A. oʻzining uyali telefoni orqali videotasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan hamda tarqatgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.