Toshkentda 16 yoshli yigit piyodani urib yubordi (video)
Toshkentning Uchtepa tumanida 16 yoshli yigit Malibu’da piyodani urib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 27 iyun kuni soat 20:10 larda…
Toshkentning Uchtepa tumanida 16 yoshli yigit Malibu’da piyodani urib ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahar YHXB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 27 iyun kuni soat 20:10 larda THAY koʻchasi “Koʻrkam obod” MFY Milliy gvardiya binosi qarshisida sodir boʻlgan.
16 yoshli yigit A.X. Malibu-2 avtomashinasini katta tezlikda boshqarib ketayotib, yoʻlni belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 39 yoshli erkakni urib yuborgan. Tan jarohatlari olgan piyoda shifoxonaga yotqizilgan.
Malibu-2 ni boshqargan yigit Uchtepa tumanidagi 312-maktabning 10-sinf oʻquvchisi boʻlib, hodisa vaqtida avtomobilda yana uch nafar tengdoshi boʻlgan. Ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirogʻida harakatlangan.
Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.