Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH roʻy berdi

Toshkent shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi. Keltirilishicha, kecha, 17 iyun kuni soat tungi 03:00 larda poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida roʻy…

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH roʻy berdi

Toshkent shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.

Keltirilishicha, kecha, 17 iyun kuni soat tungi 03:00 larda poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida roʻy bergan ushbu YTH toʻrtta avtomobil ishtirokida sodir boʻlgan.

Bular 1998 yilda tugʻilgan U.B. boshqaruvida boʻlgan MENLO rusumli avtomashina, 1999 yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashina, 1992 yilda tugʻilgan M.R. boshqaruvida boʻlgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina hamda 1990 yilda tugʻilgan B.R. boshqaruvida boʻlgan Nexia-2 rusumli avtomashinalar boʻlgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan. 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda soʻnggi 5 oyda 29 kishi YTH qurboni boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid