Toshkentda 40 yoshli radioboshlovchi vafot etdi
Toshkentda shoumen va radio Grande boshlovchisi Maksim Berlinov 40 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” nashri. Qayd etilishicha, efirga bir necha soat qolganda qon bosimi koʻtarilib, tez yordam mashinasi uni…
Toshkentda shoumen va radio Grande boshlovchisi Maksim Berlinov 40 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” nashri.
Qayd etilishicha, efirga bir necha soat qolganda qon bosimi koʻtarilib, tez yordam mashinasi uni 16-kasalxonaga olib kelgan. Yuragi urushdan toʻxtagani tufayli reanimatsiya qilishning iloji boʻlmagan.
Berlinov bilan vidolashuv ertaga (16 yanvar) soat 13:00 da Toshkentning Botkin koʻchasidagi qabristonda boʻlib oʻtadi.