Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong toʻqnashdi. Jarohatlanganlar bor. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentda bir nechta avtomobillar ishtirokida YTH sodir boʻlgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra,…

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong toʻqnashdi. Jarohatlanganlar bor.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentda bir nechta avtomobillar ishtirokida YTH sodir boʻlgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, Toshkentning Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida soat 19:40 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

Lacetti, 3 ta Cobalt va Kinglong rusumli avtomashinalar toʻqnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.

“Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid