Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkentda avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan mast odamni urib yubordi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda “Yutong CNG” rusumli avtobus odam urib yuborgani aytilgangan videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” rasmiy maʼlumot berdi. Unga koʻra, joriy yilning 20-noyabr…

Toshkentda avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan mast odamni urib yubordi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda “Yutong CNG” rusumli avtobus odam urib yuborgani aytilgangan videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” rasmiy maʼlumot berdi.

Unga koʻra, joriy yilning 20-noyabr kuni soat 17:37 larda “8-Avtobus saroyi” filialiga qarashli 82-sonli “Ibn Sino dahasi 1 – Yunusobod dahasi 17” yoʻnalishidagi “Yutong CNG” rusumli, davlat raqami 01|239 QKA boʻlgan avtobus (haydovchi Sh.P 1988-y.t. staji 13 yil) Olmazor tumani Gulsaroy koʻchasidan harakatlanib kelib Qorasaroy koʻchasiga qayrilib olish vaqtida yoʻlning belgilanmagan qismidan toʻsatdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaro (H.B 1976-y.t) avtobusning oʻng tomon oʻrta yon qismiga urilishi natijasidan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olgani sababli voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan va fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

“Hurmatli piyodalar! Yoʻllarda harakatlanayotganingizda yoʻl-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yoʻllarda eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz!”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid