Toshkentda Cobalt piyodani urib yubordi
Kecha, 3 iyun kuni Toshkent shahrida rusumli avtomobil yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi. 3 iyun kuni soat 13:55 larda 1980 yilda tugʻilgan haydovchi…
Kecha, 3 iyun kuni Toshkent shahrida rusumli avtomobil yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
3 iyun kuni soat 13:55 larda 1980 yilda tugʻilgan haydovchi N.K. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Mirzo Ulugʻbek tumani Ahmad Yugnakiy koʻchasida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan 1998 yilda tugʻilgan piyoda D.X.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shu oʻrinda piyodalardan yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda doimo yoʻlning belgilangan qismlaridan kesib oʻtishlarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2 iyun kuni Andijon viloyatida Damas va Nexia-3 rusumli avtomobillar oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan va oqibatda Damas rusumli transport vositasidagi yoʻlovchi N.Z. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgandi.