Toshkentda ijara uy narxlari arzonlashdi
Oʻtgan oktyabr oyida Toshkent shahrida barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2022-yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar…
Oʻtgan oktyabr oyida Toshkent shahrida barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2022-yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Oʻrtacha taʼmirlagan uylar ijara haqi 6-14 foizgacha pasaygan
Oʻtgan oyda Toshkent shahri tumanlari kesimida bir xonali xonadon uchun oʻrtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (-5.9 foizga), ikki xonali uyniki 474 dollardan 437 dollarga (-7.8 foiz) arzonlashgan. Uch xonali xonadonlar ijarasi 611 dollardan 526 dollarga (-13.9 foiz), toʻrt xonalilariniki 729 dollardan 633 dollarga (-13.2 foiz) pasaygan.
Bir xonali uylar uchun ijara narxlarining eng yuqori tushishi Uchtepa (-26,9 foiz), Yunusobod (-17,5 foiz), Yakkasaroy (-14,7 foiz), Olmazor (-11,4 foiz) tumanlarida kuzatilgan boʻlsa, qolgan tumanlarda 10 foizdan kam tushish qayd etilgan.
Ikki xonali uylar uchun Bektemir (-20,2 foiz), Yunusobod (-13,7 foiz), Yashnobod (-12,8 foiz), Olmazor (-10,8 foiz) hamda Mirzo Ulugʻbek (-10,3 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan koʻproq tushgani aniqlangan.
Uch xonali uylar uchun Olmazor (-22,2 foiz), Mirzo Ulugʻbek (-21,6 foiz), Yashnobod (-20,9 foiz) va Shayxontohur (-18,6 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan yuqori pastlagani kuzatilgan.
Toʻrt xonali uylar uchun Sergeli (-28,6 foiz), Yunusobod (-25,8 foiz) va Mirzo Ulugʻbek (-24 foiz) tumanlarida ijara narxlarida 20 foizdan koʻproq tushgan.
Toʻliq taʼmirlangan uylar ijarasi 6-16 foizgacha paysaydi
Poytaxtda oktyabr oyida toʻliq taʼmirlangan bir xonali uy ijarasining oʻrtacha narxi 557 dollardan 508 dollarga (-8.8 foizga), ikki xonali xonadonlarniki 695 dollardan 651dollarga (-6.3 foiz) arzonlashgan.
Uch xonali kvartiralar ijara haqi 867 dollardan 790 dollarga (-8.9 foiz), toʻrt xonali uylarniki 1102 dollardan 930 dollarga (-15.6 foiz) tushgan.
Tahlillarga qaraganda, oxirgi bir yil ichida toʻliq taʼmirlangan uylar uchun ijara narxlari Toshkent shahrida oʻrtacha 9,9 foizga pasaygan. Tumanlar kesimida olganda bir xonali uylar uchun Uchtepa (-16,7 foiz), Yakkasaroy (-15,5 foiz) va Mirobod (-15,4 foiz) tumanlarida ijara narxlari 15 foizdan koʻproq tushgani kuzatilgan.
Ikki xonali uylar uchun Olmazor (-15 foiz), Yashnobod (-11,3 foiz), Yakkasaroy (-10,8 foiz) hamda Uchtepa (-10,7 foiz) tumanlarida ijara narxlari 10 foizdan koʻproq tushgan.
Uch xonali uylar ijara haqida Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) tumanlarida nisbatan koʻproq pasayish qayd etilgan.
Toʻrt xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan.
2022-yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining koʻpayishi hamda yangi oʻquv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga boʻlgan talabning oshishi natijasida oʻtgan yilning sentyabr – oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi.