Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkentda juma namozini ado etayotgan 50 yoshli erkak vafot etdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Koʻzi ojizlar” jomeʼ masjidida juma namozini ado etish vaqtida 50 yoshlar atrofidagi erkak olamdan oʻtdi. Xabarga koʻra, erkak namoz oʻqiyotgan vaqtida yiqilib tushgan va xuddi…

Toshkentda juma namozini ado etayotgan 50 yoshli erkak vafot etdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Koʻzi ojizlar” jomeʼ masjidida juma namozini ado etish vaqtida 50 yoshlar atrofidagi erkak olamdan oʻtdi.
Xabarga koʻra, erkak namoz oʻqiyotgan vaqtida yiqilib tushgan va xuddi hurrak otayotgandek qiynalib nafas ola boshlagan. Yon-atrofdagi odamlar esa unga birinchi yordamni koʻrsatishga harakat qilgan. Yaqin-atrofdagi doʻkondan qoshiq olib kelib, orqaga ketib qolgan tilini qaytarishgan, yonboshlatib yotqizib, yurakni uqalay boshlashgan. Bu orada esa tez tibbiy yordamga ham qoʻngʻiroq qilinib, manzil va boshqa maʼlumotlar aytilgan. Biroq shifokorlar kelguniga qadar, odamlar tomonidan koʻrilgan choralarga qaramasdan, erkakning yurak urishi toʻxtagan.
“Tez tibbiy yordamga qoʻngʻiroq qilinganidan 20 daqiqalardan oshiqroq vaqt oʻtib, shifokorlar brigadasi yetib keldi. Biroq tez yordam mashinasi avtomobillar yoʻlni toʻsib qoʻygani sababli murda yotgan joygacha yetib kelolmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari „204 Spark mashinasi kimniki, mashinangizni oling, yoʻlni toʻsib qoʻyibsiz“, deb baqirishib yurgandi”, deydi voqeaga guvoh boʻlganlardan biri.
Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berilgani yoʻq.

Mavzuga oid