Toshkentda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar…
Toshkentda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Shavkat Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmalariga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, “yashil” jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirdi. Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yoʻnalishlari koʻrib chiqish uchun taklif etildi.
Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yoʻnalishdagi barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yerusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan boʻlib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Ularning tavsiyalari va takliflari Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, oʻz navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini taʼminlaydi.
Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. Xitoy va Shveytsariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, kanat yoʻllari, istirohat bogʻlari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.