Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Toshkentda Milliy gvardiya xodimi va fuqaro janjallashdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi va fuqaro oʻrtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy…

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi va fuqaro oʻrtasidagi janjal aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-noyabr kuni “Sergeli” dehqon bozorida bir fuqaro qoʻlidagi plastik suv idishi va qogʻozlarni yerga (belgilanmagan joyga) tashlagan. Natijada ushbu hududdagi jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilingan Milliy gvardiya xodimi fuqaroni toʻxtatib, oʻzini tanishtirib, u tashlagan chiqindilarni yigʻishtirib olishini va belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi uchun maʼmuriy jazo borligi haqida ogohlantirgan. Biroq ushbu fuqaro atrof-muhitni iflos qilganligi uchun oʻzini zarracha ham aybdor his qilmasdan, aksincha xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgan.
Qolaversa, fuqaro “qoʻlingdan nima keladi” deb, turli soʻzlar bilan haqorat qilib, xodimga nisbatan faol jismoniy qarshilik koʻrsatgan.
Shundan soʻng, Milliy gvardiya xodimi oʻzini himoya qilish va huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida kuch ishlatishga majbur boʻlgan.
Shu vaqtda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs javobgarlikdan qochish maqsadida hodisa joyidan ketib qolgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxs tomonidan sodir etilgan MJtKning 91-1-moddasi (belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish), 194-1-moddasi (Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-1-moddasi (Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish)da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklari uchun qonuniy chora koʻrish va uni qidirib topish choralari koʻrilmoqda”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid