Toshkentda shifokorga stul otgan yigit ishi bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atildi
Bosh prokuratura shifokorga stul otgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonasida shifokor va fuqarolarning…
Bosh prokuratura shifokorga stul otgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Xabaringiz bor, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonasida shifokor va fuqarolarning bir-biri bilan janjallashayotgan holati aks etgan videotasvir tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.