Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Toshkentda yuk mashina bilan toʻqnashgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 koʻchasi Qozogʻiston gilamlari doʻkoni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi 1982…

Toshkentda yuk mashina bilan toʻqnashgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21  koʻchasi Qozogʻiston gilamlari doʻkoni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi 1982 yilda tugʻilgan, Q. A. boshqaruvidagi yuk transport vositasi va 1987 yilda tugʻilgan, I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli  transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

YTH natijasida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid