Toshkentdagi ayrim avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha oʻzgartirildi
Qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent shahri Mirobod tumani T.Shevchenko koʻchasining Nukus koʻchasidan Said Baraka koʻchasigacha boʻlgan qismini…
Qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahri Mirobod tumani T.Shevchenko koʻchasining Nukus koʻchasidan Said Baraka koʻchasigacha boʻlgan qismini rekonstruktsiya qilish ishlari doirasida 2024-yil 27-noyabrdan 25-dekabrgacha ushbu manzil vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopilishi sababli, ayrim avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha oʻzgartiriladi. Bu haqda “Toshkent MTU” matbuot xizmati xabar qildi. Unga koʻra:
– 16, 26, 37, 80-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati Nukus, Amir Temur, Fidokor koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;
– 22, 55-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha Nukus, Oybek, Shaxrisabz koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
Yoʻnalishlarning harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritilishi sababli, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.