Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati toʻxtatilmoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Ekologik nazorat boʻyicha inspektsiyasi tomonidan…
Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati toʻxtatilmoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Ekologik nazorat boʻyicha inspektsiyasi tomonidan taniqli boʻlgan ommaviy…
Toshkentdagi mashhur lavashxona faoliyati toʻxtatilmoqda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Ekologik nazorat boʻyicha inspektsiyasi tomonidan taniqli boʻlgan ommaviy ovqatlanish shaxobchalaridan biri “Oqtepa lavash”ning faoliyati vaqtinchalikka toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Oqtepa lavash” ommaviy ovqatlanish shaxobchasi Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 15, 24, 25, 41-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Qonunning 11,13, 21-moddasi talablarini qoʻpol ravishda buzganligi sababli, vaqtinchalikka, Davlat ekologik ekspertiza xulosasini olgunga qadar faoliyatini toʻxtatish boʻyicha Toshkent shahar Tumanlararo Iqtisodiy Sudiga davo arizasi kiritilgan.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining qoʻshimcha qilishicha, qonun talablari buzilganligi aynan xoʻjalik yuritishda hujjatlardagi xatoliklar bilan bogʻliq.