Tovuqlar “qabristoni” haqida eshitganmisiz?
Aholi vakillari murojaati mazmuni shundan iboratki, mahallada yashab tovuq biznesi bilan shugʻullanuvchi norasmiy tadbirkorlar faoliyatidan norozi ekanini bildirishdi. Noqonuniy faoliyati yetmagandek, ular xaridorlarga shu yerning…
Aholi vakillari murojaati mazmuni shundan iboratki, mahallada yashab tovuq biznesi bilan shugʻullanuvchi norasmiy tadbirkorlar faoliyatidan norozi ekanini bildirishdi. Noqonuniy faoliyati yetmagandek, ular xaridorlarga shu yerning oʻzida tovuqni soʻyib berish xizmatini ham yoʻlga qoʻygan ekan. Natijada bu yerdagi anti sanitariya holati, xususan atrofga tarqalayotgan badboʻy hid aholining eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Biz murojaatchi bilan suhbatlashib vaziyatni soʻrab turgan vaqtimizda qoʻshtirnoq ichidagi tadbirkorlar kelib bizni har hil soʻzlar bilan haqoratlay qetdi. Goʻyoki, biz murojaatchidan pul olib masalasini hal qilib berishni vada qilgan ekanmiz. Bu ham yetmagandek tasvirga olish ishlarimizga ham keskin qarshilik koʻrsatildi.
Axoli chiqindilar bilan bogʻliq muamolardan ham qiynalishmoqda. Maxsus qutilar oʻrnatilgan boʻlsada, ularga emas balki unga yaqin joyga tashlab ketiladigan chiqindilarni olib ketishda qiyinchilik tugʻdirayotir. Masalaga aloqador mutasaddilardan rasmiy izoh berishini soʻradik. Koʻtarilgan masalalarni ijobiy hal etilishida haqiqiy tadbirkor oʻziga tegishli hududni obodonlashtirishi va chiqindilar uchun maxsus joy tashkil etilishi kerak degan xulosaga kelindi. Mutasaddillar bu ishlarni 14 kun ichida hal boʻladi deb vada berishmoqda, Vadalar vadaligicha qolib ketmasligi uchun hali bu mavzuga yana qaytamiz.