Tunda Andijondagi buyum bozori yonib ketdi
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 23:30 da Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Asaka avtorurargohida tashkil etilgan buyum bozorida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot…
Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 23:30 da Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Asaka avtorurargohida tashkil etilgan buyum bozorida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shunga koʻra, 20 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 26 yanvar kuni soat 00:30 da oʻrab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yongʻin natijasida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok boʻlish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.