Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Uchquduq tuman sudi sudyalari tomonidan oʻtkazilgan targʻibot, huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi

Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi sayyor uchrashuvlardan biri Uchquduq tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida oʻtkazildi. Joriy…

Uchquduq tuman sudi sudyalari tomonidan oʻtkazilgan targʻibot, huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi

Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi sayyor uchrashuvlardan biri Uchquduq tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida oʻtkazildi.

Joriy yilning 12 avgust kuni oʻtkazilgan uchrashuvda tuman iqtisodiy sudi raisi X.Tursunov, fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi B.Shermatov va Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi A.Raximovlar ishtirok etib, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari vakillariga 2021 yilning 28 iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, xususan mazkur qonunda belgilangan tartib-qoidalar sud hokimiyatining mustaqilligini, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda, fuqarolarning sudlar faoliyatiga ishonchini mustahkamlash hamda soha vakillarini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtishdi.

Shuningdek, “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-670-sonli Qonun hamda yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayon hisoblanmish Prezidentlik saylovi xususida soʻz yuritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida mamlakat fuqarolari davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, inson huquqlari ichida ovoz berish huquqi eng asosiy huquqlardan biri hisoblanishi, bu huquqdan u yoki bu sabablarga koʻra qoʻllanilmasligi natijasida boshqa huquqlar ahamiyatini yoʻqotishiga olib kelishi, shu boisdan ham fuqarolar oʻz huquqlarini yaxshi bilishlari lozimligi, Prezident saylovi mamlakat taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega ekanligini yaxshi anglab yetmoqliklari lozimligi borasida soʻz yuritildi.

Uchrashuv soʻnggida, har bir saylovchi oʻz xohish va irodasiga tayanib, mustaqil va ongli ravishda ovoz berishi, saylov toʻgʻrisidagi qonunlarimizda berilgan oʻz huquqlaridan toʻgʻri foydalanishi lozimligi, munosib nomzodni tanlash imkoni­yati mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyotida muhim rol oʻynashi taʼkidlab oʻtildi.

Ruslan Djoʻrayev Uchquduq tuman iqtisodiy sudi sudya yordamchisi                                                            

Mavzuga oid