Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

UzAuto Motors avtomobil sotishda onlayn tartibga oʻtadi

Ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi ur-yiqit, keskinlik dilerlik markazlarida oshsa-oshmoqdaki, kamaygani yoʻq. Qolaversa, dasturiy taʼminotdagi yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar shartnomani…

UzAuto Motors avtomobil sotishda onlayn tartibga oʻtadi

Ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi ur-yiqit, keskinlik dilerlik markazlarida oshsa-oshmoqdaki, kamaygani yoʻq. Qolaversa, dasturiy taʼminotdagi yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar shartnomani onlayn olishda ham muammolarni keltirib chiqardi.

Qayd etilishicha, «UzAuto Motors» kompaniyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda «UzAvtoSavdo» tizimini modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirmoqda.
«UzAuto Motors» onlayn sotuv boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga toʻliq oʻtish vaqtini oʻzining rasmiy kanallarida qoʻshimcha ravishda eʼlon qilishini bildirdi. Demak, kompaniya toʻliq onlayn savdoga oʻtadi va endi dilerlik markazlarida shartnoma tarqatmaydi.
Avtomobilni onlayn xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzish uchun mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:

1. OneID tizimidan roʻyxatdan oʻtish;
2. Telefonga «UzAvtoSavdo» ilovasini yuklab olish (iOS/Android), avdo.uzavtosanoat.uz saytiga kirishi kerak;
3. OneIDdagi parol yoki login yordamida sayt/ilovadan roʻyxatdan oʻtish;
4.Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda maʼqul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda shartnoma tuzish kerak boʻladi.

Mavzuga oid