Videotasvirda tomonlarning oʻzaro kelishuv jarayonida olingan
Joriy yilning 16 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan“Fuqarolarning kuni tashkilot xodimlarini kutish bilan oʻtmasin” mazmunidagi xabar Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan. Aniqlanishicha, Majburiy…
Joriy yilning 16 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan“Fuqarolarning kuni tashkilot xodimlarini kutish bilan oʻtmasin” mazmunidagi xabar Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan.
Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Termiz tuman boʻlimiga fuqaro Toʻxtaoy Meyliyeva aliment masalasida murojaat qilgan. Oʻrganish davomida Toʻxtaoy Meyliyeva foydasiga aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati taraflar oʻzaro kelishganligi sababli undiruvchining 29.11.2023 yildagi arizasiga asosan qaytarib berilgan va ish yurituvdan tugatilgan.
Shundan soʻng, undiruvchi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan undiruvchi ijro hujjatini qayta ijroga topshirish istagini bildirgan.
Davlat ijrochisining tashabbusi bilan qarzdor Toshaliyev Odil Djurayevich hamda undiruvchi T.Meyliyeva chaqirtirilganganda, T.Meyliyeva va qarzdor Toshaliyev Odilning yaqin qarindoshlari boʻlimga tashrif buyurishgan va aliment masalasida kelishmoqchi boʻlishgan, shu sababli davlat ijrochisi taraflarning yaqin qarindoshlariga kelishishiga imkoniyat yaratgan.
Shundan soʻng, undiruvchiga qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan 15 mln. soʻm aliment mablagʻi undirib berilgan.
Videotasvirdagi holat esa, tomonlarning aliment mablagʻini qabul qilishi va oʻzaro kelishuv masalasi jarayonida olingan.
Boʻlim tomonidan har kuni 14-18 nafarga yaqin fuqarolar qabul qilinadi va ular uchun kutishi bino ichida sharoit yaratib berilgan.