Viloyat soliq boshqarmasida oʻquv-seminar tashkil etildi
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «E-AUKTsION» elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashdagi ahamiyati mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi. Unda “Elektron…
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida «E-AUKTsION» elektron savdo platformasining xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashdagi ahamiyati mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Unda “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish” aktsiyadorlik jamiyati Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida»gi Qonuni, «E-AUKTsION» elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi, mazkur platformada realizatsiya qilinadigan mulk turlari, xususan yer uchastkalari hamda savdoda turgan boshqa mulklar, koʻchma savdo joylari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Koʻrgazmali vositalar orqali «E-AUKTsION» elektron savdo platformasida soʻnggi 5 yillikda savdoga chiqarilgan va sotilgan mulklar dinamikasi namoyish etilib, Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadini oshirish, Xususiylashtirish dasturida belgilangan imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida hamda auktsion savdolarda ishtirok etish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati