Viloyatda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq barcha ishlar belgilangan tartib asosida izchil olib borilmoqda.
Viloyatda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq barcha ishlar belgilangan tartib asosida izchil olib borilmoqda. Bu albatta, kuz-qish mavsumining koʻngildagidek, talofatlarsiz oʻtishiga xizmat qiladi. “Hududgaz…
Viloyatda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bilan bogʻliq barcha ishlar belgilangan tartib asosida izchil olib borilmoqda. Bu albatta, kuz-qish mavsumining koʻngildagidek, talofatlarsiz oʻtishiga xizmat qiladi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan hukumatimizning qaror va farmonlarini ijrosini taʼminlash maqsadida, ishlab chiqilgan dasturlar ijrosi yuzasidan belgilangan barcha ishlar tegishli tartiblar asosida amalga oshirilmoqda, – deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali direktori Mirzaqul Mansurov.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan 2021 yil davomida viloyat tabiiy gaz isteʼmolchilarini yetarli darajada tabiiy gaz bilan taʼminlashda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Gaz quvurlarini mukammal taʼmirlash rejasi 3.3 km boʻlib, hozirda smeta hujjatlari tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Gaz quvurlarini rekonstruktsiya qilishning bu yilgi rejasi 13,2 km boʻlib, 1,7 km qismi 32.1 % ga rekonstruktsiya qilindi.
Gaz taqsimlash punktlarini texnik taftish qilishning bu yilgi rejasi 2541 dona boʻlib, amalda 381 dona 15 % ga taftish qilindi.
Gaz taqsimlash punktlarini mukammal taʼmirlash rejasi 11 dona boʻlib, hozirda ushbu gaz taqsimlash punktlarini mukammal taʼmirlash buyicha kerakli maxsulotlarni xarid kilish ishlari olib borilmokda.
Gaz quvurlarni havo bosimi yordamida zichlikka sinash va tozalash rejasi 74,2 km. boʻlib, amalda 2,1 km qismi 2,8 % ga havo bosimi yordamida zichlikka sinaldi va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Gaz quvurlarning holatini pribor usuli bilan tekshirish rejasi 74,2 km boʻlib, amalda 9,1 km qismi 12,2 % ga pribor usuli bilan tekshirib chiqildi.
Gaz quvurlarini buyoqlash rejasi 10,3 km boʻlib, amalda 18,790 km gaz quvurlari 182,4 % ga boʻyoqlandi.
“Qumqo’rg’ontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tumanda jami 183 ta gaz taqsimlash punktlardan 51 tasi taʼmirlandi va buyoqlash ishlari bajarilib, 1,6 m gaz quvurlarini boʻyoqlash ishlari toʻliq bajarilgan. Tumandagi “Bogʻora” mahallasidan oʻtgan yuqori bosimli d-219mm L-450p/m gaz quvuri yer ustiga chiqarildi va tumandagi “Doʻstlik” mahallasidan oʻtgan d-159m.m L-3,5 p/m tagliklar qoʻyilib qayta montaj ishlari bajarildi hamda tumandagi “Ulugʻbek” mahallasidan oʻtgan d-76 mm boʻlgan gaz quvurida montaj ishlari olib borilib yer ustiga chiqarilish ishlari olib borildi.
Viloyatimizda jami 462 310 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, shundan 462 178 tasi aholi isteʼmolchilari, qolgan 132 tasi ijtimoiy soha obʼektlari hisoblanadi. Viloyat boʻyicha jami maishiy gaz ballonlar soni 552890 donani tashkil etib aholining taʼminlanganlik darajasi 120 foizga teng.
Oʻtgan yillar davomida, tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini oʻz vaqtida suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida bir qator muammolar kuzatilgan.
Isteʼmolchilarga oʻz vaqtida suyultirilgan gazni yetkazib berish uchun jamiyatmiz tasarrufidagi barcha gaz taʼminoti filiallari balansida jami 105 dona maxsus “Isuzu” va boshqa turdagi avtotransport vositalari xizmat qilmoqda va xar biri gaz ballonlarini oʻlchab olish uchun elektron nazorat tarozisi bilan taʼminlangan.
Aholiga 1 kg suyultirilgan gaz mahsulotini (sotish) yetkazib berish narxi QQS bilan 1120 soʻm. 20 kg maishiy gaz ballonidagi suyultirilgan gazning narxi QQS bilan – 22400 soʻm qilib belgilangan.
Ushbu ishlar natijasida aholiga gaz yetkazib berish ishlari tubdan yaxshilandi. Ayniqsa, viloyatda suyultirilgan gaz yetkazib berishning yangicha usuli joriy etilganidan aholi behad mamnun boʻlmoqda. Bu toʻgʻrisidan tuman va shahar isteʼmolchilari bilan suhbat jarayonida oʻz soʻzlari bilan aytib oʻtishdi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylarda “Aylanma” usuli yoʻlga qoʻyilgan. Yaʼni oyning belgilangan maʼlum bir sanasida gaz ballonlari toʻldirilgan maxsus avtotransport vositasi har bir mahallalar, koʻchalar va xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib bermoqda.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylarda “Aylanma” usuli yoʻlga qoʻyilgan. Yaʼni oyning belgilangan maʼlum bir sanasida gaz ballonlari toʻldirilgan maxsus avtotransport vositasi har bir mahallalar, koʻchalar va xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib bermoqda.
Avval aholidan maishiy gaz ballonlari yigʻib olinib, bir-ikki kun ichida toʻldirib olib kelib berilar edi, – deydi Muzrabot tuman Fayziobod mahallasida yashovchi fuqaro Maylixon Karimova. – Endilikda gaz idorasining zaxira gaz ballonlari toʻldirilgan holda olib kelinib, aholining tugagan gaz ballonlari peshma-pesh almashtirib berilmoqda. Bu bilan aholiga katta qulaylik yaratildi, endi bir-ikki kun gazsiz oʻtirmaymiz.
Soha mutaxassislari tomonidan korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholi xonadonlaridagi nostandart isitish qozonlarni tejamkor zamonaviy qozonlarga almashtirish, gazni tejamkorlik bilan sarflash, shuningdek, gazdan foydalanishda texnika va yongʻin xavfsizligi koidalariga rioya etishga qaratilgan keng koʻlamli targʻibot va tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda. Natijada turli obʼektlar, aholi xonadonlarida yongʻinlar, gaz bilan bogʻliq koʻngilsizliklar kelib chiqishining oldi olinmoqda
Barcha sohalarda boʻlgani kabi aholiga energetika mahsulotlari yetkazib berish ham keyingi yillarda zamonaviy, avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazilmoqda. Xususan, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishda xozirda maxsus ID kartalar qoʻllanila boshlandi. Ushbu yoʻnalishda shaffoflikni yaratish, taʼminotchi va isteʼmolchi oʻrtasida naqd pul muomalasini bartaraf etish va sohada tartib oʻrnatish maqsadida “Nududgazta’minot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz taʼminotini onlayn nazorat qilish tartibi ishlab chiqilgan boʻlib, tizim III bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich-maishiy gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar oʻrnatish; ikkinchi bosqich – isteʼmolchilarni ID kartalar bilan taʼminlash va uchinchi bosqich – mazkur jarayonlarni “E-gaz” onlayn tizimiga ulash. Surxondaryo viloyatida ham ayni ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Xozirda muomaladagi barcha gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar yopishtirildi. Isteʼmolchilarga ID kartalar tarqatish ishlari ham yakuniga yetkazilmoqda. Surxondaryo viloyatidagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni Muzrabot, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Boysun va Uzun tumanlarida joylashgan gaz tarqatish shahobchalarda hamda Denov va Qumqoʻrgʻon tumanlarida joylashgan gaz toʻldirish stantsiyasi orqali yetkazib beriladi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati