Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Virusli pnevmoniyada faqat oʻpka emas, boshqa aʼzolar ham zararlanishi mumkin

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Koʻp tarmoqli klinikasi terapiya reanimatsiya boʻlimi shifokorlari Nurbek Asqarov, Dildora Nabiyeva: COVID-19 ogʻir kechgan bemorlarda pnevmoniyadan tashqari kardit, nefrit, gepatit (yurak, buyrak va…

Virusli pnevmoniyada faqat oʻpka emas, boshqa aʼzolar ham zararlanishi mumkin

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Koʻp tarmoqli klinikasi terapiya reanimatsiya boʻlimi shifokorlari Nurbek Asqarov,
Dildora Nabiyeva:

COVID-19 ogʻir kechgan bemorlarda pnevmoniyadan tashqari kardit, nefrit, gepatit (yurak, buyrak va jigar zararlanishi) aniqlandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, kasallikning tizimli tarzda, yaʼni bir nechta aʼzoning zararlanishi bilan kechishini koʻrsatdi.

Statsionar davolanayotgan 30 nafar bemorda antinuklear antitanacha uchun qon tahlili oʻtkazilganida 18 nafar bemorda (60 foiz) musbatligi aniqlandi.

Antinuklear antitanacha (ANA) – bu autoimmun yalligʻlanishning spetsifik koʻrsatkichi boʻlib, revmatologik amaliyotda tizimli kasalliklarni aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bemorlarda musbat ANA borligi ularda pnevmoniyadan tashqari boshqa kasalliklar ham asorat sifatida qolishi mumkinligini anglatadi.

Agar kasallikni autoimmun yalligʻlanish bilan oʻtadigan boʻlsa, kasallikning surunkaliga oʻtishini va qaytalanishining oldini olish kerak.

Buning uchun barcha bemorlarda autoimmun yalligʻlanish bor yoki yoʻqligini aniqlash, aniqlangan holda kasallikdan tuzalib chiqqan bemorlarni eng kamida 1 yil davomida dispanser nazoratiga olish zarur.

Mavzuga oid