Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Xalqaro taqqoslash dasturining natijalari eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda xarid qobiliyati pariteti boʻyicha yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni tashkil etgan. Oʻzbekiston Jahon banki tomonidan yuritiladigan “Xalqaro taqqoslash dasturi”da ilk bor rasman ishtirok edi. 2024 yil…

Xalqaro taqqoslash dasturining natijalari eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda xarid qobiliyati pariteti boʻyicha yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Jahon banki tomonidan yuritiladigan “Xalqaro taqqoslash dasturi”da ilk bor rasman ishtirok edi.

2024 yil 31 may kuni dasturning 2021 yilgi global bosqichi natijalari Jahon bankining rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston xarid qobiliyati pariteti boʻyicha 2021 yilda:

  • yalpi ichki mahsulot hajmi 285 mlrd AQSh dollarni;
  • aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 8 162 AQSh dollarni tashkil etdi.

Jahon bankining mazkur hisob-kitoblari Statistika agentligi tomonidan oʻtkazilgan statistik kuzatuvlar maʼlumotlari asosida amalga oshirilgan.

Paritet – hisob-kitoblar jarayonida mamlakatlar oʻrtasida narxlar darajasidagi farqlarni bartaraf etadigan, oʻziga xos almashish koeffitsiyenti hisoblanib, xarid qobiliyati pariteti bir vaqtning oʻzida ham deflyator, ham pul birliklarini taqqoslama valyutaga aylantirish vositasidir.

Mavzuga oid