Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli

Maʼlumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrniga qaratilgan huquqiy…


Maʼlumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida maʼqullangandi.
Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak oʻrtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb boʻlib kelgan huquqiy munosabatlarning nechogʻlik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan boʻlib, unga koʻra, gender — xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihati koʻrsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining oʻz orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining taʼminlanishidadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilangan. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni taʼminlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning oʻzi kifoya emas. Shu bois ham, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish”ga alohida eʼtibor qaratilgan. Chunki, mana shunday sinovli kunlarda, yaʼni karantin davrida ham shifokorlar, ichki ishlar, hatto Milliy Gvardiya xodimalarining erkaklar bilan yelkama-elka turib ishlashganining guvohi boʻldik.
Xalq farovonligida, jamiyat tinchligida hamda iqtisodiy barqarorlikda erkak va ayolning teng huquqliligi muhim oʻrin tutadi.
Xususan, xotin-qizlarning gender kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya tashkil etildi.
Komissiyaning asosiy vazifalari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, ushbu sohada ilingan ishlar boʻyicha har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga axborot taqdim etish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash va bu borada xalqaro standartlarga rioya etish sohasida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.
Eʼtiborli jihati shundaki, bugungi yangilanayotgan jamiyatda ayollarning siyosat va iqtisodiyotga keng jalb qilinishi tufayli gender tengligi borasida oʻzgarishlar, siljishlar, hattoki yutuqlar koʻzga tashlanmoqda. Ayniqsa, siyosatda ayollar faollashganining guvohimiz yaʼni davlat boshqaruvida, sudlov tizimida, ichki ishlar, bojxona tizimida ham xotin-qizlarning mehnat qilayotgani ayni haqiqatdir.
Gender tenglik jamiyat rivojida muhim boʻlgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tuman sudining raisi A.Raxmatov

Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudining devonxona mudiri E.Yuldoshev

Mavzuga oid