Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish boʻyicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investisiya va ichki bozor bilan erishib boʻlmasligini qayd etdi: “Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investisiyalarni faol jalb…

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish boʻyicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investisiya va ichki bozor bilan erishib boʻlmasligini qayd etdi:

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”.

Prezident bevosita investisiya, sanoat va eksportga masʼul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investisiyaga masʼul rahbar oʻrinbosari faoliyat yuritayotgan investisiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini koʻrsatib oʻtdi.

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investisiya va eksport boʻyicha chuqur tahlil yoʻqligi tanqid qilindi. Asosiy bozorlarimiz boʻlgan mamlakatlardagi devalvatsiya, jahonda roʻy berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investisiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida oʻz vaqtida bosh qotirmagani koʻrsatib oʻtildi.

Mavzuga oid