Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yana bir bloger Otabek Ahliddinov 7,1 yilga qamaldi

Tibbiyot sohasidagi faoliyati davomida pullarni noqonuniy oʻzlashtirish bilan ayblanib, sudlangan bloger Otabek Ahliddinovning qamoq muddati Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudi hukmi bilan 7,1 yilga uzaytirildi. Bu…

Yana bir bloger Otabek Ahliddinov 7,1 yilga qamaldi

Tibbiyot sohasidagi faoliyati davomida pullarni noqonuniy oʻzlashtirish bilan ayblanib, sudlangan bloger Otabek Ahliddinovning qamoq muddati Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudi hukmi bilan 7,1 yilga uzaytirildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Otabek Ahliddinov Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi markaziy poliklinikaning boʻlim rahbari lavozimida ishlagan. U 200 million soʻmdan ortiq pulni oʻzlashtirishda ayblangan va shu yilning sentyabrida qamoqqa olingan.

Dastlab u jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod tumani sudi hukmi bilan 5,1 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Soʻng prokuraturaning protesti asosida appelyatsiya sudi ishni qayta koʻrib, muddatni 7,1 yilga uzaytirdi.
U Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. Shuningdek, jamiyatga yuborilgan sud ajrimi nusxasida ayblanuvchiga 165-modda bilan ham javobgarlik belgilangan.

Mavzuga oid