Yana jinoyat ishi tugatildi
Yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudi yarashganlik munosabati bilan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqardi, Taassufki, bu Shoʻrchi tumani “Koʻklam” mahallasida yashovchi Sherzodjon Turoyev hayotidagi ikkinchi holat.…
Yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudi yarashganlik munosabati bilan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqardi, Taassufki, bu Shoʻrchi tumani “Koʻklam” mahallasida yashovchi Sherzodjon Turoyev hayotidagi ikkinchi holat.
Sherzodjon Turoyevga nisbatan muqaddam qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismiga asosan taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilgan edi, Aftidan, uning bundan xulosa qilmagani uni yana jinoyat ishi sodir etishiga olib keldi, Sh.Turoyev Shoʻrchi tumani Navroʻz mahallasidagi “Tez tibbiy yordam boʻlimi” binosi yonida tanishi, Oltinsoy tumani “Bibizaynab” mahallasida istiqomat qiluvchi Aziz Omonovni uchratib, ubilan oʻrtalarida davom etib kelayotgan ziddiyat va kelishmovchilik sababli oʻzaro janjalashib qolib, oqibatda qoʻli va oyogʻi bilan “raqib”ining yuzi va boshiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo viloyat filialining tegishli xulosasida A.Omonovning ogʻirlik darajasi boʻyicha sogʻlikning buzilishiga sababchi boʻlgan yengil tan jarohatlari olganligi bayon qilingan. Shunga koʻra, dastlabki tergov organi tomonidan Sh.Turoyev Jinoyat kodeksi109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan. Ammo sudga jabrlanuvchi va ayblanuvchi yarashuv toʻgʻrisida ariza taqdim qilgani, yetkazilgan zarar toʻliq qoplangani, oʻzarohech qanday xusumat va daʼvo yoʻqligi sababli qonunchiligimizga asosan jinoyat ishi tugatildi.
Shoyad Sh. Turoyev odil sudlovning insonparvarlik tamoyiliga asoslangan bu galgi ajrimidan oʻziga tegishli xulosa chiqarsa!
Odil Normahmatov Surxondaryo viloyat sudi raisining oʻrinbosari