“Yangi darxon”da ichida yosh qizaloq boʻlgan lift tormozi ishlamay pastga qulagani aytildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi darxon” mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq boʻlgani haqida maʼlumot tarqaldi. Holat boʻyicha tuman hokimi,…
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi darxon” mahallasi, 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada liftning tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq boʻlgani haqida maʼlumot tarqaldi.
Holat boʻyicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi, uzsanoat xavfsizligi va barcha masʼullar oʻrganish ishlarini olib borishdi.
Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr taʼminotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani maʼlum boʻldi.
Masʼullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishdi. Qizning axvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy.