Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi!
Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Termiz tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabida ham “Bilimlar kuni” katta xursandchilik bilan qarshi olindi. “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida tashkil…
Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Termiz tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabida ham “Bilimlar kuni” katta xursandchilik bilan qarshi olindi.
“Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Narmanov hamda Termiz tumani hokimi oʻrinbosari Shuxrat Qalandarov soʻzga chiqib, ustoz-murabbiylar va oʻquvchilarni navbatdagi oʻquv yilining boshlanishi va Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.
Taʼlim sohasini rivojlantirish va oʻquvchilarning puxta bilim olishlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, eng avvalo istiqlol bergan keng imkoniyatlar samarasi ekanligi taʼkidlanib, mustaqillikning qadriga yetish, ona diyorimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshish shu yurtda kamol topayotgan har bir oʻgʻil-qizning ezgu maqsadlari qatoridan joy olishi lozimligi qayd etildi.
Viloyat 4-sektor rahbari maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarni ilm-maʼrifat maskaniga tashrifi bilan qutlab, Prezident sovgʻasini topshirdi.