YaNGI TAYINLOV
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi hisobchisi lavozimida ishlab kelayotgan Qobilov Odil Xurramovich Muzrabot tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.…
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi hisobchisi lavozimida ishlab kelayotgan Qobilov Odil Xurramovich Muzrabot tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida Qobilov Odil Xurramovich 1975 yilning 13 noyabrida Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 2004 yilda Termiz davlat universitetini, 2007 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi.
Faoliyati davomida Termiz shahar hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, Toshkent viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Mintaqalarni joylashtirish va kompleks rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Muzrabot tuman hokimligi matbuot xizmati