Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yangi yil yaqin. Fargʻonadagi xonadonlardan birida 407 mln soʻmlik “paqildoqlar” aniqlandi

Fargʻona viloyatidagi xonadonlardan birida 407 million soʻmlik salyut va paqildoq saqlanayotgani aniqlandi. Xabarda aytilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va Milliy…

Yangi yil yaqin. Fargʻonadagi xonadonlardan birida 407 mln soʻmlik “paqildoqlar” aniqlandi

Fargʻona viloyatidagi xonadonlardan birida 407 million soʻmlik salyut va paqildoq saqlanayotgani aniqlandi.
Xabarda aytilishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda Qoʻqon shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan navbatdagi tezkor tadbirni oʻtkazgan. Unda fuqarolarning yashash xonadonlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Natijada xonadon hovlisida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagan holda saqlanayotgan 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Manbaga koʻra, ushbu mahsulotlar xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan. Ularning dastlabki qiymati 407 million soʻmga baholanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid