Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 62 kishiga yetdi
Yaponiyaning markaziy qismida yana bir kuchli zilzila sodir boʻldi. Mamlakat milliy meteorologiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, zilzila kuchi 5,5 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. Dushanbadan beri…
Yaponiyaning markaziy qismida yana bir kuchli zilzila sodir boʻldi. Mamlakat milliy meteorologiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, zilzila kuchi 5,5 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Dushanbadan beri Yaponiyada turli darajadagi 300 dan ortiq zilzila sodir boʻldi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali. Mamlakatning butun gʻarbiy qirgʻoqlari uchun tsunami xavfi 20 soatdan ortiq davom etdi. Zilzila 1885 yildan beri Yaponiyaning bu qismida sodir boʻlgan eng kuchli zilzila boʻldi. Seysmologlarning ogohlantirishicha, bu hududda keyingi yer silkinishlari taxminan bir hafta davom etadi va 7 balldan yuqori boʻlgan yangi kuchli zilzilalar sodir boʻlish xavfi bor. Mahalliy aholi oʻta hushyor boʻlishga, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va rasmiylarning rasmiy xabarlariga amal qilishga chaqiriladi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyada sodir boʻlgan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida 62 kishi halok boʻldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Zilzilalar Isikava prefekturasida katta vayronagarchiliklarga olib keldi.