Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yer va kadastr sohasidagi qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’ygan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda hududlardagi inspektorlar tomonidan sentabr oyi yakuniga ko’ra 1 415 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan…

Yer va kadastr sohasidagi qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’ygan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda hududlardagi inspektorlar tomonidan sentabr oyi yakuniga ko’ra 1 415 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Yuqoridagi holatlar O’zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bo’yicha tavsiflanganda:

265 ta holatda (Yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish) 60-modda 2-qismi bilan;

196 ta holatda (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish)60-modda 3-qismi bilan;

17 ta holatda (Sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish) 60¹-moddasi bilan;

145 ta holatda (Yer tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chiqish) 68-moddasi 1-qismi bilan;

771 ta holatda (Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun o’z vaqtida murojaat etmaslik) 68¹-moddasi bilan qo’llanilgan.

21 ta holatda (Chegara belgilarini, geodezik nuqtalarni va cheklov belgilarini yo’q qilish yoki shikastlantirish) 69-moddasi bilan qo’llanilgan.

Mavzuga oid