Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yoshlar bilan uchrashuv

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov, fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudi raisi A.Xamroyevlar, jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodovlar tomonidan Navbahor tumanlararo…

Yoshlar bilan uchrashuv

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov, fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudi raisi A.Xamroyevlar, jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tuman sudi raisi A.Ibodovlar tomonidan Navbahor tumanlararo sudining binosida oʻquvchi yoshlar ishtirokida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Oliy sud boshlangʻich tashkilot yetakchisi tomonidan 2021 yil 10 martdagi “2021 yil Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga moʻljallangan sud tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning sud-huquq islohotlarini amalga oshirish yuzasidan Yoʻl xaritasiga asosan “Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning manaviyati va huquqiy bilimini yanada yuksaltirish” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.Uchrashuvda bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga juda katta eʼtibor va gʻamxoʻrlik qaratilayotganligi, yoshlarimizda yurt taqdiriga daxldorlik, bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik yuqori boʻlish lozimligi, ayniqsa kitobga mehr qoʻyishi, oʻz bilim va maʼnaviyatini oshirib borishi lozimligi alohida taʼkidlab oʻtildi.Bundan tashqari, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼruzalar qilindi va yoshlar oʻrtasida korruptsiya, poraxoʻrlik, mansab lavozimini suʼistemol qilish, tamagirlik kabi illatlarning oldini olish va bu kabi illatlarga qarshi kurashish boʻyicha tushunchalar berildi.Xususan, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida, yaʼni korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarlik printsipini taʼminlash kerakligi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.Shuningdek, uchrashuv soʻngida bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq sohasi hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, xususan, bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati borasida oʻquvchi yoshlarga tushuntirishlar berildi hamda tadbirda ishtirok etayotgan huquqiy sohaga qiziqishi bor yoshlar tomonidan sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida savollar berildi. Sud raislari yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.Shu bilan birga uchrashuv yakunida oʻquvchi yoshlar bilan ochiq sud majlisi jarayonlari sud majlisi zalida kuzatib borish yuzasidan kelishib olindi.

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi

Mavzuga oid