Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +2° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Yuqori barqarorlik reytingi – imtiyoz va yengilliklar kafolati

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashib, tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Navbatdagi manzil «Amudar…

Yuqori barqarorlik reytingi – imtiyoz va yengilliklar kafolati


Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Termiz shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashib, tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Navbatdagi manzil «Amudar textile» masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda «Doktor A» xususiy klinikasi boʻldi.


Bevosita muloqotlarda tadbirkorlarga baholash mezonlari, barqarorlik reytingida yuqori koʻrsatkichlarga erishishda soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning ahamiyati, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarga qoʻllaniladigan imtiyozlar va yengilliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.


Tadbirkorlarga barqarorlik reytingi koʻrsatkichlarini hisoblash davriyligi, soliq toʻlovchi tomonidan tegishli oʻzgarishlar kiritilishi bilan koʻrsatkichlar onlayn yangilanib borilishi tushuntirildi.

Mavzuga oid