Yuqori barqarorlik reytingiga qanday erishish mumkin?
Tadbirkorlar faoliyatini baholashda soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarining taqdim etilishi va hisoblangan soliqlarning toʻlanishi, elektron…
Tadbirkorlar faoliyatini baholashda soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Belgilangan muddatlarda soliq hisobotlarining taqdim etilishi va hisoblangan soliqlarning toʻlanishi, elektron hisobvaraq-fakturalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, ish haqi jamgʻarmasi, EBITDA boʻyicha rentabellik darajasining yuqori koʻrsatkichlari barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishishga xizmat qilsa, soliqqa oid huquqbuzarliklar, soliq qarzdorligi, mahsulotlar identifikatsiya kodlaridan notoʻgʻri foydalanish kabi holatlarga yoʻl qoʻyilishi ballar chegirilishiga sabab boʻlmoqda.
Soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan manzilli targʻibotlarda ayni jihatlar xususida soʻz bormoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi xodimlarining mehmonxona faoliyati hamda chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarida ham ishbilarmonlar tomonidan berilgan koʻplab savollar «AAA», «AA» va «A» toifasiga kirish hamda yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlarga beriladigan soliq imtiyozlari bilan bogʻliq boʻldi.
- Ayni paytda oʻrta barqarorlik reytingida turibmiz, – deydi «Asson» mehmonxonasi boshligʻi Oydin Sharofiddinova. -.Soliq xodimlari bilan muloqotda qaysi jihatlarga eʼtibor berishimiz kerakligi, ballarni koʻtaruvchi mezonlar haqida fikr almashdik.
- Niyatim tez orada koʻrsatkichlarimizni yanada yaxshilab, yuqori barqarorlik reytingiga erishish va Prezidentimizning 2024 yilgi tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan anʼanaviy uchrashuvida namunali soliq toʻlovchi sifatida ishtirok etishdir.