Yuqori Chirchiqda yigit notanish erkakka musht tushirib, hushidan ketkazdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak yigitni bir musht urib, hushidan ketkizib qoʻygan videosi tarqaldi. Holat ijtimoiy tarmoqda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Ushbu holat yuzasidan IIBB axborot xizmati rahbari Bobur…
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak yigitni bir musht urib, hushidan ketkizib qoʻygan videosi tarqaldi. Holat ijtimoiy tarmoqda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Ushbu holat yuzasidan IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov izoh berdi.
Izohda aytilishicha, videodagi holat joriy yilning 12-noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangi bozor hududida joylashgan “fast food” savdo shoxobchasida ikki fuqaro gap talashishi natijasida sodir boʻlgan.
Janjaldan soʻng ular oʻzaro gaplashib olish maqsadida shoxobcha tashqarisiga chiqqan vaqtda 21 yoshli A.Q. 26 yoshli B.T.ning yuz qismiga musht tushirgan va fuqaro hushini yoʻqotgan.
Shundan soʻng unga birinchi yordam koʻrsatilib, oʻziga keltirilgan, ammo IIBga murojaat yoki xabar berilmagan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Fuqaroning tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, 26 yoshli B.T. shu kuni mastlik holatida boʻlgan va u shoxobcha ichida oʻzi bilan janjallashgan shaxsni va boshqalarni turli soʻzlar bilan haqoratlagan, deyiladi berilgan izohda.