Yuqori reytingga ega tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
2024 yildan eʼtiboran soliq solish tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar, joriy yilgi soliq stavkalari, muddati tugayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq imtiyozlarining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subʼektlariga yetkazish…
2024 yildan eʼtiboran soliq solish tartibiga kiritilgan oʻzgartishlar, joriy yilgi soliq stavkalari, muddati tugayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq imtiyozlarining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subʼektlariga yetkazish maqsadida Denov hamda Oltinsoy tuman soliq inspektsiyalarida viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida seminarlar oʻtkazildi.
Bevosita muloqotlar davomida soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan tadbirkorlik subʼektlarining barqarorlik reytingi toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Taʼkidlanganidek, reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan meʼyorlar boʻyicha majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishga undashdir. Reyting boʻyicha 23 ta mezon belgilangan boʻlib, tadbirkorlik subʼektlari faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qoʻshimcha ball beruvchi koʻrsatkichlar asosida baholab boriladi.
Seminar davomida yuqori reytingga ega tadbirkorlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi soliq imtiyozlari va qoʻshimcha preferentsiyalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, soliq mutaxassislari savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarida ham boʻlib, tadbirkorlarni soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar bilan tanishtirishdi.