Zoʻravonlikning ayanchli holati
Oilaviy zoʻravonlik – oʻz koʻlamiga koʻra global muammo. U turmush darajasidan qatʼi nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Odatda maishiy zoʻravonligiga koʻpincha bir oila muammosi sifatida qaralgan. Odamlar bunday…
Oilaviy zoʻravonlik – oʻz koʻlamiga koʻra global muammo. U turmush darajasidan qatʼi nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi.
Odatda maishiy zoʻravonligiga koʻpincha bir oila muammosi sifatida qaralgan. Odamlar bunday muammolarni uydan tashqariga olib chiqmaslikka harakat qilishadi. Aksariyat holatlarda zoʻravonlik qurboni ayollar va farzandlari boʻladi.
Biroq bu safar voqea rivoji kutilmagandamutlaqo boshqacha tus olgan.
Xurshid (ism va nomlar oʻzgartirilgan)spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda Azizaning uyiga kelib, sharʼiy nikoh asosidagi turmush oʻrtogʻi uning uyiga qaytib borishdan bosh tortganligi uchun Azizabilan janjal qilib, uyiga olib ketish uchun unga oʻroq koʻtarib, oʻldirish bilan tahdid qilgan, Aziza voyaga yetmagan farzandi bilan birga Xurshiddan qochib, tomorqa etagidagi ariq ichiga yashirinib, oradan biroz vaqt oʻtganidan soʻng Xurshidni ketgan deb oʻylab, darvozasini yopish uchun borayotganida Xurshidyashirinib turgan joyidan chiqib kelib, turmush oʻrtogʻiga bosim oʻtkazish uchun qoʻlidagi oʻroq bilan oʻzining chap koʻkrak qafasiga tan jarohati yetkazgan, undan soʻng Azizani urib, janjal qilgan, tortishuv vaqtida Xurshidning qoʻlidagi oʻroq yerga tushib ketgan vaqtda Aziza va Xurshidlar oʻroqni olish uchun yerga engashgan vaqtlarida, Aziza chaqqonlik qilib oʻroqni olib, jahl ustida engashib turgan Xurshidning koʻkrak qafasi oʻrta qismiga, toʻsh sohasiga bir marotaba urgan, Xurshid qaddini rostlagan vaqtda oʻroqning tigʻ qismi uning toʻsh pastki uchligi va 6-qovurgʻaning toʻsh suyagiga birikish qismidan toʻliq kesib, teshib oʻtib, yurak oʻng qorinchasi, diafragma va jigarning jarohatlagan, buning oqibatida Xurshidda oʻtkir ichki va tashqi qon ketishi yuz berib, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Xurshid kasalxonada vafot etgan.
Azizaning marhum Xurshidga yana oʻroq urishi, uni oʻldirishi uchun imkoniyati boʻlsada, jinoiy harakatlarini ixtiyoriy ravishda toʻxtatganligi, marhum Xurshidning hayotini saqlab qolishga harakat qilib, tibbiy yordam koʻrsatib, qonni toʻxtatishga harakat qilganligi, yordam soʻrab, onasiga, marhum Xurshidning togʻasiga telefon qilib, ularga xabar berganligi Azizada turmush oʻrtogʻi Xurshidni oʻldirish niyati boʻlmaganligidan dalolat beradi.
Sud Azizaning marhum turmush oʻrtogʻiga yana oʻroq urishi, uni oʻldirishi uchun imkoniyati boʻlsada, qonni koʻrganidan soʻng jinoiy harakatlarini ixtiyoriy ravishda toʻxtatganligini, jinoyat sodir etganidan keyingi harakatlarini, yaʼni jabrlanuvchiga yordam koʻrsatib, boʻlgan voqea xaqida qarindoshlariga xabar qilganligidan kelib chiqqan holda, uning qasdi turmush oʻrtogʻini oʻldirishga emas, balki unga tan jarohati yetkazishga qaratilgan, shuningdek, aybiga qisman iqror, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, jinoyatni ochishda faol yordam berganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, jabrlanuvchining gʻayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topib, uning harakatlarida jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar yoʻq hisoblagan.
Sud Azizaga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan qilmish ogʻir turdagi jinoyatlar turkumiga kirsada, sudlanuvchining oilaviy sharoitini, aybiga toʻliq iqror, pushaymonligini, ayolligini, qaramogʻida bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligini va sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi boshqa shu kabi holatlarni eʼtiborga olib, mamlakatimiz qonunchiligining insonparvarlik va odillik printsiplariga koʻra ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emasligiqonunchilikda belgilangan jazodan ham kamroq ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, jazoni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 50-moddasiga asosan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni belgilashni, uning qamoq ehtiyot chorasini aslicha qoldirishni, jazoni oʻtash muddatini u amalda ushlangan kunidan boshlab hisoblashni lozim topgan.
Farzand taqdiri…
SudAzizagaozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanayotganligini uchun uning voyaga yetmagan oʻgʻlini vasiylikka berish majburiyatini Qumqoʻrgʻon tuman xokimi va Qumqoʻrgʻon tuman Xalq taʼlimi boʻlimi vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklatilgan.
Maqoladagi koʻpchilik maʼlumotlar keltirilmaganligi sababi faqat bitta, u ham boʻlsa oʻquvchilarning eʼtiborini har qanday jinoiy hatti-xarakatga javobgarlik muqarraligi bilan oʻlaroq, Aziza va uning oilasi parokandaga uchraganligiga qaratishdir.
Aziza kabi ahvolga tushganlar oramiz yoʻq deysizmi yoki bunday qismat boshqa istalgan oilada boʻlishi mumkin emasmi? Oddiy soʻz bilan aytganda har nima boʻlishi mumkin.
Ushbu hodisadan eng katta jabr koʻrgan esa oqibatda farzandga kelib taqaladi. Axir ota-onaning janjalida farzandning aybi yoʻq.