2025-yil 15-iyuldan boshlab Qumqo‘rg‘on tumanida davom etayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” maxsus profilaktik tadbiri doirasida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lgan shaxslar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda tuman prokurori yordamchisi F.Zikirov ishtirok etdi. Suhbat davomida 2024-yil 4-dekabrda qabul qilingan 1009-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarga qayta jinoyat sodir etmaslik zarurligi, sud tomonidan belgilangan taqiq va cheklovlarga qat’iy rioya qilishlari lozimligi haqida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – jinoyatchilikning oldini olish, jamiyatda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish hamda nazoratdagi fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishdan iborat.