Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) nafas yoʻllari kasalliklari avj olgan bir paytda Xitoy bilan savdo-sotiq va bu mamlakatga sayohatga cheklovlar joriy etilishiga qarshi chiqdi.
Tashkilotning Jenevadagi shtab-kvartirasining xabar berishicha, Xitoy sogʻliqni saqlash organlari bilan telekonferensiya boʻlib oʻtgan, unda bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, gripp, adenovirus va respirator-sinsitial virus (RSV) boʻyicha konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizilishi koʻpayganligi haqida maʼlumotlar olingan.
“JSST mavjud maʼlumotlarga asoslanib, har qanday sayohat yoki savdo cheklovlarini qoʻllashga qarshi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Agar Xitoyga sayohat paytida yoki undan keyin nafas olish kasalliklari belgilari paydo boʻlsa, tashkilot shifokor bilan bogʻlanishni tavsiya qilmoqda.
23-noyabr kuni JSST Xitoy sogʻliqni saqlash idoralari bilan telekonferensiya oʻtkazdi, unda may oyidan beri bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, oktyabr oyidan esa RSV, adenovirus va gripp virusi boʻyicha ambulator konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizishlar soni koʻpaygani haqida maʼlumotlar olingan.
“Xitoy rasmiylari hech qanday noodatiy yoki yangi patogenlar yoki gʻayrioddiy klinik koʻrinishlar, shu jumladan Pekinda ham aniqlanmaganligini maʼlum qildi”, dedi JSST.

Qayd etilishicha, JSST vaziyatni yaqindan kuzatib boradi va Xitoy milliy organlari bilan yaqin aloqada. Hozirgi epidemiya paytida qayd etilgan alomatlar bir nechta nafas yoʻllari kasalliklariga xosdir. Xitoyning epidemiologik nazorat tizimiga koʻra, klinik koʻrinishlar maʼlum aylanib yuruvchi patogenlar tomonidan yuzaga keladi.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarning nafas yoʻllari yuqumli kasalliklariga chalinishi koʻpaygani, buning oqibatida poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar ham ortganini maʼlum qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan