Manzillar yagona reyestrini shakllantirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
14 dekabrdagi 1010-son qarori ijrosini yakunlash maqsadida Davlat kadastr palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan operativ ishlarni qabul qilish va yakunlash ishlari olib borilmoqda.

Manzillar yagona reestrini shakllantirish yuzasidan Davlat kadastr palatasining Geografik obyektlarning nomlari ekspertizasi bo‘limi bosh mutaxassisi D.Ro‘ziqulov tomonidan, barcha turdagi ko’cha toifalarini elektron sxematik xaritasini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Jumladan Surxondaryo viloyatida mavjud 724 ta MFY lardan
19 tasida xatlov ishlari amalga oshirilib 1 003 ta ko‘chalarni toifalarga (reyestr, shoh ko’cha, ko’cha,) ajratilib ArcGis dasturida elektron bazasi shakllantirildi.

Xatlovdan o‘tkazilgan 19 ta MFY larda 3 ta Shoh ko‘cha, 453 ta ko‘cha, 189 ta tor ko‘cha, 358 ta berk ko‘chalar toifalarga ajratilib tuman (shahar) hokim maslahatchilariga ko‘chalarni to‘liq nomlash bo‘yicha tushunchalar berildi.
Viloyatda mavjud qolgan 705 ta MFY larda xam ishlar jadallik bilan olib borilmoqda..!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan