Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida oʼtkazilayotgan “Bahorgi tijoratlashtirish forumi”da Surxondaryo viloyatida oʼsuvchi oʼsimliklardan efir moylarini ajratib olish va amaliyotda qoʼllash loyihasi ham taqdimot qilindi.
Taqdimotda loyiha tashabbuskori, tadbirkor Faxriddin Umarov loyihaning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuncha berarkan, maqsadi – viloyatda oʼsuvchi efir moyli oʼsimliklar tarkibini oʼrganish, ulardan efir moylarini ajratib olishning samarali usullarini ishlab chiqish va olingan maxsulotlarni amaliyotga tatbiq etish ekanligini taʼkidladi.
Loyiha qiymati 400 mln soʼm boʼlib, 2023-2024 yillar davomida amalga oshiriladi. Dorivor oʼsimliklardan ajratib olinadigan efir moylari dori vositalari, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qoʼllaniladi.