Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O’zbekiston hamda Hindiston sog’liqni saqlash xalqaro forumida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilovchi memorandumlari imzolandi.
Anjuman avvalida ikki davlatning tibbiyot sohasidagi hamkorligiga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi. So’ng oflayn va onlayn tarzda qutlov so’zlariga navbat berildi.
Forum davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Sri Dharmasthala Manjunatheshwara College of Ayurveda & Hospital, Hassan hamda Alan Group of Companies bilan Zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati yo’nalishida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Indraprastha Apollo Hospitals, Dr.D.Y. Patil Medical College,Hospital & Research Centre, Pune va Aakash Healthcare klinikasi bilan hamkorlik o’rnatish muzokaralari o’kazildi va kelishib olindi.