Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, Viloyat prokuraturasi hamda IIB viloyat boshqarmalari hamkorligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari va uning tuman (shahar) bo‘lim, filiallari uchun Zoom orqali tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib otdi.
Yig‘ilishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ygan Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining Jarqo’rg’on, Bandixon, Boysun hamda Termiz tumanlari xodimlari bo‘yicha aniqlangan materiallar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi, xodimlarning mehnat shartnomalarini bekor qilinishi bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek soha mutaxassislariga manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik, firibgarlik holatlari va ularning mudhish oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.
Bundan tashqari yig‘ilishda boshqarmaning “Odob axloq komissiyasi” faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib komissiya faoliyatini tubdan o‘zgartirish va yaxshilash choralarini ko‘rish zarurligi taʼkidlandi.