Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz davlat universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Asqar Eshmo‘minov o‘zbek tilining tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Xususan ona tilimizning qadri va nufuzini oshirishdagi buyuk tarixiy voqelik – o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va navbatdagi muhim qadam “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, joriy yilgi “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” Respublika tanlovida Soliq qo‘mitasi “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishida mukofotlanganligi, soliq tizimida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga berilgan munosib baho ekanligi ta’kidlandi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan