KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA

Kuni
kecha  O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudov hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi o’rinbosari A.Suyunov   tomonidan Surxondaryo viloyati, Denov tumanida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabuli bo`lib o‘tdi. Sayyor qabulda jami 50 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, köchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,  va shunga o’xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.

Tashkil etilgan sayyor qabulda 18 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi. 10 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
22 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan